Husanov «Manchester Siti»da 45-raqamda o‘ynaydi. Uning Begiristayn bilan rasmi tarqaldi
«Manchester Siti» klubi Abduqodir Husanov transferini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, uning klub sport direktori Chiki Begiristayn bilan tushgan surati tarmoqlarda tarqaldi.

O‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi shartnoma imzolash uchun Manchesterga yetib borgan. U bilan agenti G‘ayrat Xasbulindan tashqari, futbolchining vakili sifatida qozog‘istonlik Ulug‘bek Asanbayev ham borgan.
Meta-ratings.kz saytining qayd etishicha, shartnoma imzolash chog‘ida «Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham ishtirok etgan. Aynan ispaniyalik murabbiy Husanovning transferini istagan.
Eslatib o‘tamiz, Husanov kuni kecha Manchesterda tibbiy ko‘rikdan o‘tgandi.
Mavzuga oid

07:53
«Siti» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Barsa» 40 ta zarbadan bitta gol urdi. Kun o‘yinlari

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

16:52 / 04.04.2025