O‘zbekiston | 15:40 / 18.01.2025
4104
1 daqiqa o‘qiladi

Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan

Turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-dekabr oylarida 229,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,5 ming nafarga yoki 22,1 foizga oshgan.

2024 yilda Turkiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

  • sayyohlik – 174 102 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 46 656 nafar;
  • davolanish – 4 116 nafar;
  • o‘qish – 2 711 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 1 671 nafar.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid