Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildi
Otishmani uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan birorta ishga aloqador emas.

Foto: AFP
Eron Oliy sudi binosi oldida yuz bergan otishma oqibatida ikki sudya halok bo‘ldi va yana bir nafari yaralandi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, otishma 18 yanvar kuni ertalab Tehrondagi Oliy sud binosi yaqinida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs sudyalarni o‘qqa tutgan. Hodisa oqibatida sudyalar Ali Razini va Muhammad Mokiseh halok bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sudyalar terrorizm va josuslikka oid ishni ko‘rib chiqayotgan bo‘lgan.
Otishma uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan birorta ishga aloqador emas.
IRNA’ning yozishicha, Razinini 1998 yilda ham o‘ldirishmoqchi bo‘lishgan — o‘shanda u Tehron bosh sudyasi lavozimida faoliyat yuritgan. Suiqasdni uning mashinasiga bomba o‘rnatib amalga oshirishga urinishgan va hodisa oqibatida Razini jarohat olgan.
Mavzuga oid

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

20:44 / 27.02.2025