Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi GAB Airlines aviakompaniyasi ish boshlagani rad etildi
Fuqaro aviatsiyasi agentligi GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani va u parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi mamlakatda yangi GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani haqidagi xabarlarga raddiya berdi.
Qayd etilishicha, OAVda O‘zbekistonda yangi GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani hamda Airbus-320 va Airbus-330 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ta’kidlanishicha, fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Havo kodeksi va litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida qonun talablariga muvofiq, har qanday yuridik shaxs «O‘zaviatsiya» agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart.
«Faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini olish mumkin va havo kemalarida havo tashuvlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zini GAB Airlines aviakompaniyasi deb atayotgan tashkilot bugungi kunga qadar «O‘zaviatsiya» agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza va havo kemasini sotib olgani yoki ijaraga (lizingga) olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
14:46 / 19.05.2025
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
15:52 / 14.04.2025
UzAirways yo‘lovchiga maxsus ovqat bermagani uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi
18:07 / 17.02.2025