Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan ikki nafar o‘quvchining ota-onasi va ustoziga prezident nomidan mukofotlarni topshirdi. Shuningdek, ularga BYD avtomobillari ham sovg‘a qilindi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabi shahrida «Global o‘rta maktablar» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga prezident nomidan mukofotlarni topshirdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.
Tantanali tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishtirok etgan.
«Bugun Abu-Dabi shahrida «Global o‘rta maktablar» nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.
Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Prezident maktabi o‘quvchilari va ularning ustoziga BYD avtomobillari ham topshirilgan.
Tanlovda maktab o‘quvchilari Pahlavon G‘ulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Ta’kidlanishicha, tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan.
14 yanvar kuni Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shaxsan topshirgan edi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

16:21 / 12.04.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi

11:11 / 11.04.2025
Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

18:50 / 07.04.2025