O‘zbekiston | 19:00 / 20.01.2025
2720
3 daqiqa o‘qiladi

Yangi tovar-xomashyo birjasi – ebirja.uz barcha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlamoqda!

Ma’lumki birja savdolarini rivojlantirish – bu davlat raqobat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Birja savdosi nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki Xaridorlarga tovar bozorlarida narxlarni shakllantirishda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Foto: ebirja.uz

Tovar-xomashyo birjasining asosiy vazifasi talab va taklifni muvozanatlash, birja tovarlariga raqobatbardosh narxlarni shakllantirish, narxlarning keskin o‘zgarish xavfini qisqartirish va birja tovarlarining ishlab chiqarish xarajatlarini barqarorlashtirishdir.

Hozirda Respublikamizda 3 ta tovar-xomashyo birja faoliyatini ko‘rsatib kelmoqda, ulardan yaqinda faoliyat boshlagan “Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 15 mayda tovar-xomashyo birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan.

“Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ 2023 yilda elektron tijorat sohasini rivojlantirish, tovar-xomashyo birjasi bozorida zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish, ishtirokchilariga shaffof va sodda birja savdolari elektron tizimini yaratish maqsadida tashkil topgan.

Bugungi kunda “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ o‘zining ebirja.uz – zamonaviy birja savdolari elektron tizimi orqali birja savdolarni tashkil etib kelmoqda.

ebirja.uz – birja savdolari elektron tizimida barcha jarayonlar ishtirokchilarning shaxsiy kabinetlari orqali onlayn ravishda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Xususan, ro‘yxatdan o‘tish, birja savdolarida ishtirok etish, shakllangan shartnomani imzolash, u bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish va nizo kelib chiqqan taqdirda “Ebirja”ning Arbitraj komissiyasiga ariza yuborish birja a’zolari va mijozlarning shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

2024 yil 18 noyabr kuni ebirja.uz – birja savdolari elektron tizimida birinchi marotaba yuqori likvidli mahsulot savdosi o‘tkazildi.

Qisqa muddat ichida 155 dan ortiq birja a’zolari va birja savdolari ishtirok etish maqsadida 1000 dan ziyod tadbirkorlar ebirja.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tilgan. Ushbu tizim mijozlarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda takomillashtirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, tizim axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli xavfsizlik dasturiy tizimlari va vositalar bilan himoyalangan.

Albatta, yangi tovar-xomashyo birjasi tovar bozorida birja savdosi xajmining oshishiga, birja tovarlari ishlab chiqaruvchi yangi sotuvchilarni elektron savdolarga jalb qilish va birja tovarlari nomenklaturasini kengaytirishgi xizmat qiladi.

ebirja.uz barcha monopol turdagi va/yoki yuqori likvid tovarlarni ishlab chiqaruvchi va boshqa ulgurji savdo korxonalarini birja savdolariga taklif qiladi!

Ma’lumot uchun telefon raqam: +998 55 510 33 11

E-mail: [email protected].

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish