Belarus elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘zining diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belarus elchisini qabul qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belarus elchisi Leonid Marinichni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Belarusning mamlakatimizdagi elchisi Leonid Marinich janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning barcha sohalarda rivojlanayotganini ta’kidladik. Shu bilan birga, o‘zaro aloqalarni kengaytirish yo‘lida hali katta salohiyat mavjud. Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan janob elchiga yillar davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Leonid Marinich Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib 2018 yilda tayinlangan edi. O‘sha yilning martida TIV rahbari lavozimida ishlagan Abdulaziz Komilov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgandi.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi Duyshonkul Chotonovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:24 / 05.05.2025
Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

14:58 / 03.05.2025
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

20:22 / 02.05.2025
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda

19:29 / 29.04.2025