Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Chempionlar Ligasi 7-turidan o‘rin olgan “PSJ”—“Manchester Siti” uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida qatnashgan ingliz klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga yangi qo‘shilgan Abduqodir Husanov va Viktor Reys haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Tarkibimizga qo‘shilgan o‘yinchilarga “Siti” oilasiga xush kelibsiz deyman. Ularning jamoaga qo‘shilganidan mamnunman. Ular haqiqatda yosh, ularning ko‘p yillar davomida jamoamizda bo‘lishlari reja qilingan. Husanov Fransiyada o‘ynagan. U ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlarga ega va umid qilamizki, ingliz tilini iloji boricha tezroq o‘rganadi. Reys esa ajoyib yosh braziliyalik futbolchi”, – deydi Xosep Gvardiola.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi 40 million yevro evaziga «Lans»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi. Abduqodir APLdagi ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi. U yangi jamoada 45-raqamda to‘p suradi.
Mavzuga oid

23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi

18:17 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar

10:00 / 01.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?

21:08 / 28.03.2025