Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi
Universitetda kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi, deya xabar berdi Raqamlashtirish vazirligi.
«Cyber university davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Oliygoh kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Universitetning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
- yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
- o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
- tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.
Mavzuga oid
22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi
16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
11:20 / 08.02.2025
IT xizmatlari eksportini 1 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilmoqda
16:36 / 24.01.2025