Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan «Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida»gi qonunga tegishli qo‘shimchalar kiritish orqali, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida, hibsxonaga kelganidan boshlab 2 soat ichida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.
Tibbiy ko‘rik davomida shaxsning tanasida jarohat va shikastlanishlar aniqlangan taqdirda zudlik bilan prokurorga xabar berilishi tartibi o‘rnatilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Mavzuga oid
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?
15:19 / 21.01.2025