Fitso davlat to‘ntarishi tahdidi yuzasidan Slovakiya Xavfsizlik kengashini chaqirdi
Slovakiya bosh vaziri «rangli inqilob» ssenariysi ostida ag‘darilishidan qo‘rqyapti. Slovakiyaning uchta muxolif partiyasi yana parlamentda hukumatga ishonchsizlik votumi tashabbusi bilan chiqdi.

Foto: Jaroslav Novak/TASR Slovakia/AP/dpa/picture alliance
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 22 yanvar, chorshanba kuni mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lishi xavfi tufayli Xavfsizlik kengashining 23 yanvarga favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. Unga ko‘ra, maxsus xizmatlar Ukraina va Gurjistondagi «rangli inqiloblar»ga o‘xshash «xorijiy ekspertlar» ishtirokidagi davlat to‘ntarishi xavfi haqida ogohlantirgan. «Slovakiyaning qonuniy hokimiyatini ko‘cha namoyishlari va ma’muriy binolarni tortib olish orqali ag‘darish rejalari bor», — dedi Fitso.
«Tayyorlanayotgan model juda oddiy va ko‘plab mamlakatlarda sinovdan o‘tgan. Tasdiqlashim mumkinki, Slovakiyada Gurjistondagi voqealarda ishtirok etgan va Ukrainadagi Maydanda faol qatnashgan bir guruh ekspertlar bor. Ular turli manbalardan moliyalashtiriladi», dedi Slovakiya bosh vaziri matbuot anjumanida.
Muxolifat hukumatga ishonchsizlik votumini talab qilmoqda
22 yanvar kuni Slovakiyaning uchta muxolif partiyasi – «Progressiv Slovakiya», «Ozodlik va birdamlik» va «Xristian-demokratik harakat» Robert Fitso hukumatiga ishonchsizlik votumi o‘tkazish bo‘yicha taklifni parlamentga qayta taqdim etdi. Ovoz berish yetti kun ichida o‘tkazilishi mumkin. Ishonchsizlik votumi uchun 150 deputatdan kamida 76 nafarining roziligi talab qilinadi.
Muxolifat Fitsoning ochiq ovoz berishni emas, balki yashirin ovoz berish qaroriga norozilik sifatida bir kun avval parlamentdan xuddi shunday taklifni qaytarib oldi. Ishonchsizlik votumiga hukumatning Slovakiya yakkalanib qolishiga olib kelayotgan tashqi siyosati, shuningdek, Fitsoning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalari va Slovakiyaning Yevropa Ittifoqi va NATOdan uzoqlashishi sabab bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi

09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi

11:32 / 22.03.2025
Slovakiya yana Fitso kursiga qarshi ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi

13:17 / 08.03.2025