Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kompaniyasi Anthropic sun’iy intellekt startapiga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Anthropic ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasining sobiq xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, startap Kremiy vodiysidagi fondlardan ham 2 mlrd dollar sarmoya jalb etadi.
Amerikaning Alphabet Inc korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Google kompaniyasi Anthropic sun’iy intellekt startapiga 1 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Bunqa qadar Google Anthropic’ka 2 milliard dollar investitsiya kiritgan.
Anthropic, shuningdek, Lighspeed Venture Partners fondi boshchiligidagi Kremniy vodiysining venchur investorlaridan ham 2 milliard dollar jalb etishga yaqin turibdi. Ushbu bitim doirasida kompaniya 60 milliard dollar atrofida baholanishi kutilmoqda — bu avvalgi investitsiya raundidan taxminan uch baravar ko‘p.
Amazon kompaniyasi oxirgi 1,5 yilda Anthropic’ka 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritganini e’lon qilgan va startapni butun dunyo bo‘ylab 500 million iste’molchi qurilmasiga o‘rnatilgan Alexa ovozli yordamchisiga integratsiya qilish ustida ish olib bormoqda.
Anthropic 2021 yilda, ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasidan chiqqan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya bazaviy sun’iy-intellekt tizimlari va til modellari, Claude sun’iy intellekt assistentini takomillashtirishga ixtisoslashgan.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:15 / 20.05.2025