O‘zbekiston - Slovakiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida O‘zbekiston–Slovakiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 5-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, Slovakiya delegatsiyasiga tashqi va Yevropa ishlari vazirligi davlat kotibi Marek Eshtok va O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov boshchilik qildi.
Muzokara davomida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va uni turli sohalarda yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdilar. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajadagi tashriflar almashinuvini birgalikda tashkil etish va ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini 2026 yilda Bratislavada o‘tkazishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi

09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi

11:32 / 22.03.2025
Slovakiya yana Fitso kursiga qarshi ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi

13:17 / 08.03.2025