Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
Piyoda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotganda uni “Tiko” mashinasi urib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 31 dekabr kuni soat 20:45 larda sodir bo‘lgan. Piyoda Jarqo‘rg‘on tumani O‘zbekiston mahallasida yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotganda uni “Tiko” mashinasi urib yuborgan.
Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan mahallada viloyat YPX mutasaddilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda haydovchilar va aholi vakillari hushyorlikka chaqirilgan.
Mavzuga oid

15:12 / 17.05.2025
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025