Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastinliklar G‘azo sektori shimoliga qaytishni boshladi - video
Isroil HAMAS garovga olinganlarni ozod etishi evaziga minglab falastinliklarning uyiga qaytishiga ruxsat berdi. Ushbu hududdagi keng ko‘lamli evakuatsiya urushning dastlabki kunlaridayoq boshlangan edi.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh doirasida falastinliklar G‘azo sektorining shimoliy qismiga qaytishni boshladi. AFP’ning yozishicha, Isroil tomoni nazorat punktlarini ochgan.
Odamlar shaxsiy buyumlarini qo‘llariga ko‘targan holda sohil bo‘yidagi yo‘l bo‘ylab harakatlanishni boshlagan. «Uyingga, oilangga, qarindoshlar va suyukli insonlaring oldiga qaytish — ajoyib hissiyot», — deydi G‘azoga qaytgan Ibrohim Abdu Hassera.
Ushbu yangilik qochqinlar lagerlarida xursandchilik bilan qarshi olingan. «Hech qanaqa uyqu yo‘q, narsalarni yig‘ishtirib qo‘ydim va quyoshning ilk shu’lasi ko‘rinishi bilan yo‘lga otlanishga tayyorman», — deydi besh nafar bolaning onasi Gada.
HAMAS G‘azo aholisining qaytishini falastinliklar g‘alabasi deb atab, bu «bosqinchilar rejasi barbod bo‘lganini» namoyish etishini ta’kidladi.
Isroil HAMASga qarshi urush boshlangan 2023 yil oktyabrda G‘azo sektori shimolida keng ko‘lamli evakuatsiyani o‘tkazgan edi. Hudud harbiy operatsiyalar o‘tkazish uchun izolyatsiyalangan, chunki u yerda guruhning infratuzilmalari o‘rin olgandi.
HAMAS o‘z navbatida payshanba kuni 2023 yil oktyabrda garovga olingan uch nafar Isroil fuqarosini ozod etadi: Arbel Yyexud, Agam Berger va yana bir inson. 1 fevralda ham yana uch nafar garovdagi inson ozod etilishi kerak.
Mart boshlariga qadar davom etadigan o‘t ochishni to‘xtatishning birinchi fazasi doirasida HAMAS umumiy hisobda garovga olingan 33 kishini ozod etishi kerak. Isroil tomoni esa mamlakat hibsxonalarida saqlanayotgan qariyb 2 ming falastinlikni qo‘yib yuboradi.
Mavzuga oid
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025
HAMAS AQShning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘ldi - Reuters
09:03 / 22.05.2025
G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan o‘nlab yuk mashinalari yetib keldi
23:13 / 18.05.2025