Binance kriptobirjasi O‘zbekistonda mahalliy hamkor orqali ish boshladi
Barcha integratsiya bosqichlari yakunlangani va O‘zbekistondagi foydalanuvchilar endi kriptobirjadan foydalanishi mumkinligi e’lon qilindi.

Foto: Getty images
Binance kriptobirjasi O‘zbekistonda mahalliy CoinPay platformasi orqali ish boshladi.
«Barcha integratsiya bosqichlari yakunlanganini va O‘zbekistondagi foydalanuvchilar endi Binance kriptobirjasi tomonidan ishlab chiqilgan yechimdan coinpay.uz/binance qo‘shma platformasi orqali rasman foydalanishi mumkinligini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz», deyiladi platforma xabarida.
Qayd qilinishicha, endi foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali milliy valutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Binance - raqamli valuta ayirboshlash bo‘yicha onlayn xizmat, blokcheyn tizimi va kriptovaluta sanoati uchun infratuzilma provayderi, jumladan raqamli aktivlar savdosi, investitsiyalar, markazsizlashtirish va infratuzilma yechimlari, tadqiqot, ta’lim va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi. Kriptovaluta ayirboshlash xizmati 2017 yilda tashkil etilgan va vaqt o‘tishi bilan bir qator xizmatlarni taqdim etuvchi blokcheyn kompaniyasiga aylandi.
2024 yil yanvar oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Binance kriptobirjasiga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi, xususan, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan so‘ng, tegishli da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.
2024 yil 26 martidan 7 iyuniga qadar javobgar (Binance kriptobirjasi) vakili ishtirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga ko‘ra, sud agentlikning arizasini to‘liq qondirish hamda kriptobirjadan 300 bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lgan jarimani O‘zbekiston budjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan.
Binance kriptobirjasi sudning barcha talablarini bajargan hamda jarimani qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjetiga to‘liq to‘lagan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

15:00 / 17.01.2025
Binance platformasi O‘zbekistonda mahalliy hamkor orqali ish boshlaydi

17:09 / 12.06.2024
Kripto-aktivlar bilan noqonuniy muomala qilgan yana bir yigit qamaldi

21:43 / 01.05.2024
AQSh sudi Binance kriptovaluta birjasi asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

17:34 / 09.02.2024