Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
Ayol pariklar bilan nafaqat ayollar, balki erkaklar obrazini ham yaratgan.

Foto: Daily Mail/Home Office
Buyuk Britaniyada 61 yoshli ayol kamida 14 kishining o‘rniga Britaniya fuqaroligini olish uchun test topshirgani aniqlandi. Test vaqtida ayol har xil pariklar yordamida niqoblangan.
Britaniya Ichki ishlar vazirligi ayol hibsga olinganini ma’lum qildi.
Ismi oshkor etilmagan ayol “Buyuk Britaniyada yashash” testlarini topshirishda ham erkak, ham ayol sifatida obraz yaratib, haqiqiy ariza beruvchilarga o‘xshash uchun turli xil pariklar va niqoblardan foydalangan.
Tergovchilar maxsus order bilan ayolning London shimolidagi uyiga borib, “firibgarlik sxemasida ishlatilgan soxta hujjatlar va pariklarni” musodara qildi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ayol ushbu qoidabuzarlik harakatlarini 2022 yil 1 iyundan 2023 yil 14 avgustigacha bo‘lgan davrda bir nechta test markazlarida sodir etgan.
“Mazkur shaxs qo‘lga tushmaslik uchun oldindan puxta o‘ylangan reja tuzgan. U butun mamlakat bo‘ylab test markazlari joylashgan manzillarni va niqoblarni ehtiyotkorlik bilan tanlab, hokimiyat organlaridan yashirinishga uringan”, — dedi IIV jinoiy va moliyaviy tergovlar bo‘yicha immigratsiya nazorati inspektori Filipp Parr.
Hozirda ayol hibsda qolmoqda.
“Buyuk Britaniyada yashash” testi mamlakatda muddatsiz qolish ruxsatnomasi yoki Buyuk Britaniya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan barcha uchun majburiy.
IIV ma’lum qilishicha, anketa 24 ta savoldan iborat bo‘lib, ular ariza beruvchining Britaniya qadriyatlari, tarixi va jamiyati haqida yetarli bilimga ega ekanini aniqlashga qaratilgan.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

16:34 / 15.04.2025
Migratsiya agentligining firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblangan sobiq rahbari oqlandi

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025