O‘zbekiston | 09:55 / 28.01.2025
6779
2 daqiqa o‘qiladi

"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasiga yangi rais saylandi

"Dori-Darmon" kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida kompaniya boshqaruv raisi lavozimiga Mirzanozim Do‘stmurodov saylandi. Bungacha Umida Solihboyeva "Dori-Darmon" boshqaruv raisi lavozimini egallab kelayotgan edi.

Foto: doridarmon.uz

"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida kompaniyaning Boshqaruv raisi lavozimiga Mirzanozim Do‘stmurodov saylandi.

Mirzanozim Do‘stmurodov 1956 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1979 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.

Ish faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan boshlagan.

M.Do‘stmurodov turli yillarda Toshkent temiryo‘llar kasalxonasi shifokori, bosh vrach o‘rinbosari, Protez-ortopediya reabilitatsiya markazi bosh vrachi, "Optomedik" MChJ direktori,  O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisining birinchi o‘rinbosari, “Protezist” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi bosh direktori, “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni boshqaruv raisi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Mirzanozim Do‘stmurodov tayinlovga qadar "O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni "tugatish komissiyasi" raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Bungacha "Dori-Darmon" kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimini Umida Solihboyeva egallab kelayotgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid