Andijon tumanida kitob o‘qigan ayollarga kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi
«Ma’rifatli ona» tanlovi g‘oliblari shu tarzda mukofotlanadi.

Foto: Getty images
Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tashabbusi bilan 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida «Ma’rifatli ona» kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, deb xabar berdi tuman hokimligi.
«Ota-onasi kitob o‘qisa, buni ko‘rgan bolasi ham kitob o‘qiydi», dedi Yuldashev tanlov haqida e’lon qilar ekan.
Ta’kidlanishicha, har bir mahalladan kamida bir oila tanlovda ishtirok etadi va g‘oliblarning kommunal to‘lovlari to‘lab beriladi.
Jumladan, uch nafar 1-o‘rin egasiga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.
Uch nafar 2-o‘ringa 4 oylik kommunal to‘lovlar, uch nafar 3-o‘ringa 2 oylik kommunal to‘lovlar uchun vaucher beriladi.
Mavzuga oid

19:56 / 01.03.2025
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi

14:18 / 15.01.2025
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi

10:09 / 11.07.2024
Andijonda tez harakatlangan Tracker zovurga tushib ketdi

13:48 / 30.07.2023