Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya kompaniyasi Ukraina uchun kamikadze dron ishlab chiqardi
Ushbu uchuvchisiz uchish apparati 3,6 kilogrammli portlovchi qurilmaga ega. Shuningdek, dron aloqa uzilishlariga bardoshli tizim bilan jihozlangan.
Finlandiyaning Insta mudofaa kompaniyasi Ukrainadagi sherigi bilan hamkorlikda jangovar dron ishlab chiqdi. Bu haqda Insta’ning rasmiy saytida so‘z boradi.
«Insta kompaniyasi uchuvchisiz uchish qurilmasi va patentlangan portlovchi zaryadining yangi, nisbatan samarali versiyasini ishlab chiqdi», — deyiladi xabarda.
Dron nomi Steel Eagle ER bo‘lib, u o‘zidan oldingi modeldan ancha arzon. Kompaniya vitse-prezidenti Tuure Lehtorantaning so‘zlariga ko‘ra, «uchuvchisiz uchish apparatlarining ancha keng ekotizimida ishlovchi ukrainalik sherigi» dronlar samaradorligini yaxshilash, parvoz uzoqligini va yuk ko‘tarish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladigan uskunalar yetkazib bergan.
Bortida taxminan 3,6 kilogrammli portlovchi qurilmasi bor element tarkibida po‘lat va volfram sharchalar mavjud bo‘lib, u portlash amalga oshganidan keyin 2 ming metr kvadrat maydonga yoyilishi mumkin. Shuningdek, dron aloqa uzilishlarga bardoshli qiladigan tizim bilan jihozlangan.
Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, dron Ukraina bozori uchun sotuvga chiqariladi, shuningdek, yaqin orada Yevropa va NATOga a’zo davlatlar bozoriga taqdim etiladi. Insta kompaniyasi Finlandiya Qurolli kuchlarining strategik sherigi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025