O‘zbekiston | 09:20 / 29.01.2025
5806
1 daqiqa o‘qiladi

“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Davron Maqsudov “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Foto: Hududgazta’minot

D.Maqsudov bunga qadar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bundan oldin Mahmud Yoqubov “Hududgazta’minot” boshqaruvi raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

2024 yilning iyulida “Hududgazta’minot” boshqaruv raisi etib Ma’ruf Xo‘jayev tayinlandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid