Buxoroda Cobalt YPX xodimini urib ketdi
Jondor tumanida haydovchi mashinani YPX xodimi ustiga haydagan. Xodim shifoxonaga yotqizilgan, haydovchi hibsga olingan.

Foto: Videodan kadr
Buxoroda haydovchi Cobalt mashinasda YPX xodimini urib yubordi. Holat 28 yanvar kuni Jondor tumani markazida sodir bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda YPXning ikki nafar xodimi ikkinchi yo‘lakda to‘xtab turgan avtomobil yonida turgani, keyin avtomobil keskin harakat bilan ulardan birining ustiga yurgani, aks etgan.
Kun.uz’ga ma’lum qilinishicha, inspektor qoidani buzib boshqa mashinalarga xalaqit berib turgan Cobalt haydovchisiga noto‘g‘ri to‘xtab turgani uchun jarima yozishini aytgan. 45 yoshli haydovchi esa xodimning qonuniy talabini bajarmasdan mashinasi bilan uni urib yuborib, keyin harakatdagi Matiz’ga borib urilgan.
YPX xodimi tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berishicha, Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan.
Mavzuga oid

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025