Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Donald Trampga Vashingtonda yuz bergan fojiali aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Vashington shahridagi Ronald Reygan nomidagi aeroport hududida yuz bergan fojiali aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
«Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi», — deyiladi xabarda.
30 yanvarga o‘tar kechasi Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida American Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti hamda AQSh armiyasining Black Hawk vertolyoti havodagi to‘qnashuvdan keyin Potomak daryosiga quladi.
Samolyot bortida 64 kishi bo‘lgan: 60 yo‘lovchi va ekipajning to‘rt nafar a’zosi. AQSh armiyasi esa vertolyot bortida uch nafar askar bo‘lganini bildirgan.
Tramp Vashingtondagi aviahalokatda hech kim omon qolmaganini ma’lum qildi. AQSh prezidenti kun oxirida Oq uydagi brifingda chiqish qilib, Vashingtonda American Airline samolyoti va Black Hawk vertolyoti halokatidan hech kim omon qolmaganini ma’lum qildi. U butun tun davomida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilgani, unga barcha mavjud resurslar jalb etilganini bildirgan.
«Bu mamlakatimiz poytaxtida va xalqimiz tarixida dahshatli fojia bo‘lgan qorong‘i va og‘riqli kecha edi. Bizni bevaqt tark etgan har bir kishi uchun qayg‘uramiz», — degan Tramp.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
09:03 / 28.05.2025