Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi
U Asad davrida Dar’o viloyati siyosiy xavfsizlik boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs Suriya xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqador insonlardan biri hisoblanadi.
Suriyaning yangi hukumati sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Syria TV telekanali.
«Najib Suriya xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqador insonlardan biri hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Latakiya viloyati Jamoat xavfsizligi boshqarmasi direktori podpolkovnik Mustafo Knefatining so‘zlariga ko‘ra, hukumat Suriya xalqiga qarshi jinoyatlarga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortish va mintaqada xavfsizlik hamda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Najib Latakiyada ushlangan. Ta’kidlanishicha, u Asad rejimi davrida Suriya janubidagi Dar’o viloyati siyosiy xavfsizlik boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning o‘zi qabul qilgan.
Avvalroq Fransiya tergov sudyalari Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchisi Bashar Asadni hibsga olishga order bergandi. U harbiy jinoyatlarga sheriklikda, xususan, fuqarolarga qasddan hujum qilishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025