Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yangi turdagi ballistik raketa va HHM tizimini namoyish etdi
Bavar 373-II havo hujumidan mudofaa tizimi bir vaqtning o‘zida 60 ta nishonni kuzatishga qodir. E’temad ballistik raketasi esa 1,7 ming km uzoqlikdagi nishonni yakson qilish imkoniyatiga ega.
Foto: Tasnim
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon 2 fevral kuni E’temad («Ishonch») nomli yangi ballistik raketasi va Bavar 373-II havo hujumidan mudofaa tizimi bilan tanishdi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.
Qayd etilishicha, taqdimot Eron Mudofaa vazirligi huzuridagi aerokosmik tashkilot ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi turdagi havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimi 300 kilometrgacha radiusni qamrab oladi, bir vaqtning o‘zida 60 ta nishonni kuzatishi va oltita nishon bilan ishlashga qodir.
Modernizatsiya qilingan ushbu HHM tizimi alohida radiolokatsion qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu uning markaziy radardan mustaqil ravishda ishlay olishini ta’minlaydi. Bavar 373ʼning dastlabki versiyasi 320 kilometr radiusdagi nishonni aniqlab, raketasini 200 kilometr uzoqlikka uchira olardi. Takomillashtirilgan Bavar 373-II esa 300 kilometrgacha uzoqlikdagi nishonni ishg‘ol etishga qodir.
E’temad ballistik raketasining uzunligi esa 16 metrni tashkil etadi va 1,7 ming kilometr uzoqlikka ucha oladi. U nishonni yuqori aniqlikda yakson qilishga mo‘ljallangan jangovar kallak bilan jihozlangan.
Avvalroq Eron uchish masofasi 20 kilometrgacha bo‘lgan yangi kamikadze Rezvan dronini yaratgani, shuningdek, katta miqdordagi Ababil-4, Ababil-5 va Arash hujumkor dronlarini sotib olishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
14:18 / 22.05.2025
AQSh yana Rossiyagacha yetib boradigan raketani sinovdan o‘tkazdi
20:49 / 15.05.2025