Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron maktablarida havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli darslar bekor qilindi
Eron poytaxtida havoning ifloslanishi, ayniqsa, qish faslida jiddiy muammoga aylangan. Bunga, xususan, transport vositalari va sanoatda past sifatli yonilg‘idan foydalanilayotgani sabab bo‘lmoqda.
Eron poytaxti Tehronda havo ifloslanishi darajasi ortib ketgani bois maktablarda darslar bekor qilindi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Tehron meriyasining ma’lum qilishicha, Damovand va Firuzkuh tumanlaridagi universitetdan boshqa barcha ta’lim muassasalari yopiladi.
Ta’kidlanishicha, darslar onlayn tarzda o‘tiladi.
Tehron havo sifatni o‘lchash kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 fevral kuni Eron poytaxtida havoning ifloslanish darajasi bir metr kubga 150 migrogrammni tashkil etgan. Bu shaharning barcha aholisi uchun «zararli» tasnifdagi havo hisoblanadi.
Shuningdek, qo‘shni Elburz viloyatida ham maktablar yopilgan. «Qishda Tehronda havoning ifloslanishi jiddiy maummo aylanmoqda», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunga havoning aylanishi uchun sharoit yo‘qligi, aholining zichligi va transport vositalari hamda sanoatda foydalanilayotgan yonilg‘i sifatining pastligi sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
15:02 / 07.02.2025
Ifloslangan havodan nafas olishning yana bir xavfli tomoni aniqlandi
17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida
18:09 / 29.01.2025