Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tomonidan muzlatilgan USAID agentligining sayti ishlamay qoldi
AQSh prezidenti ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligini Davlat departamenti nazorati ostiga o‘tkazmoqchi ekani haqida tarqalgan xabarlar fonida USAID sayti ishlamay qoldi. Reuters manbasining aytishicha, Tramp agentlikning mustaqil faoliyatiga chek qo‘ymoqchi.
Foto: Fernando Vergara/AP
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) sayti Donald Tramp ma’muriyati uni mustaqil faoliyat yuritishdan mahrum qilib, Davlat departamenti nazorati ostiga bermoqchi ekani haqidagi xabarlardan keyin ishlamay qoldi, deb xabar beradi CNN.
Tramp jamoasi agentlikni Davlat departamenti ixtiyoriga o‘tkazmoqchiligi haqida avvaliga Politico nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Nashrning besh nafar suhbatdoshi aniq rejalardan bexabar ekanini aytgan, ammo «USAID’ning mustaqilligi aniq kafolatlanmagan». Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati agentlikning mustaqil faoliyatiga chek qo‘yish va uni Davlat departamenti bo‘ysunuviga o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Ta’kidlanishicha, agentlikni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazish uchun AQSh Kongressining ruxsati talab etilishi mumkin, ammo u rasman saqlanib qolgan taqdirda ham kun tartibini o‘zi belgilash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
USAID vakili Tramp ma’muriyati agentlikni Davlat departamenti ixtiyoriga o‘tkazmoqchi ekanini rad etgan.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki kun davomida USAID xodimlari «guruh chatlarida o‘z agentliklari taqdirini kuzatish» bilan shug‘ullangan. Ular USAID’ning Vashingtondagi shtab-kvartirasiga tashkilot bayrog‘i va belgisi hamon osig‘liq turgan yoki olib tashlanganini kuzatgan.
Xalqaro taraqqiyot agentligi prezident Jon Kennedi tomonidan sovuq urush vaqtida — 1961 yilda Kongress chet el yordamini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganidan keyin tuzilgan. U vaqtda agentlik faoliyati faqat SSSRga qarshi turishdan iborat bo‘lgan. Hozir AQSh — gumanitar yordam ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik donor bo‘lib, mamlakat budjetining qariyb 1 foizini shunga sarflaydi.
Donald Tramp o‘zining inauguratsiyasi kunida USAID’ning xorij davlatlarga ko‘rsatayotgan yordamini 90 kunga muzlatib qo‘ygandi.
USAID’ning O‘zbekiston bilan hamkorligi 1992 yildan boshlangan. 2021 yil holatiga ko‘ra, Amerika xalqi USAID orqali O‘zbekistonning rivojlanish dasturlariga 500 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan. Ayni paytda USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni oshirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni bartaraf etish va hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish salohiyatini oshirish uchun hamkorlik qilmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025