Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bankning oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi
O‘zbekistonda 1 gramm oltin 1 million 197 ming 760 so‘mga baholanmoqda.
O‘zbekiston Markaziy banki 3 fevral kuni oltin quymalarining yangi narxlarini e’lon qildi.
1 gramm oltin 1 million 197 ming 760 so‘mga baholanmoqda, bu juma kungi narxdan 780 so‘mga ko‘p. Oltin narxi ko‘tarilishda davom etyapti.
5 grammlik oltin quymaning narxi 5 million 989 ming so‘mga teng. 17 yanvardan boshlab sotuvga chiqarilgan 100 grammlik oltin quyma narxi 119 million 776 ming so‘mni tashkil qilgan.
Shuningdek:
- 10 gramm oltin quyma narxi 11 million 978 ming so‘m;
- 20 gramm oltin quyma narxi 23 million 955 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 59 million 888 ming so‘m.
Oltin quyma — og‘irligi 5, 10, 20, 50, 100 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quyma. Maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi. Oltin quymaning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va seriya raqamiga ega bo‘ladi. Uni faqat banklarga sotish mumkin.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
13:25 / 13.05.2025