Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentga «Toshkent – Andijon» muqobil yo‘li loyihasi haqida ma’lumot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, transport tarmog‘i izchil rivojlantirilmoqda. Davlat rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, yo‘l xo‘jaligi sohasi takomillashtirildi, yo‘l qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish ko‘lami oshdi.
Ushbu qarorda zamonaviy avtomobil yo‘llarini tashkil etish istiqbollari ham belgilangan. Jumladan, o‘tgan vaqtda Jahon banki ishtirokida «Toshkent – Andijon» muqobil yo‘li loyihalashtirildi. Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin.
Yaqinda ushbu loyiha bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi. Qisqa vaqtda unga ko‘plab nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirgan. Yig‘ilishda mazkur loyiha bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligiga yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, yo‘llarda qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirish, turli pullik xizmatlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Davlat rahbariga Birlashgan Arab Amirliklarining “AD Pors Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida “quruq port” tashkil qilish loyihasi to‘g‘risida ham axborot berildi.
Mavzuga oid

10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan

18:30 / 27.05.2025