Suriyaning yangi rahbari ilk xorijiy safarini Saudiya Arabistoniga amalga oshirdi
Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.

Foto: SPA
Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a 2 fevral kuni o‘zining ilk xorijiy safarini amalga oshirib, Ar-Riyod shahriga tashrif buyurdi. U mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Unga tashqi ishlar vaziri Asaad ash-Shibaniy hamrohlik qildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, valiahd shahzoda va Shar’a Ar-Riyod hamda Damashq o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni, turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qilgan. Shuningdek, ular mintaqani rivojlantirish va bu yo‘nalishda tegishli sa’y-harakatlarni amalga oshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.
Bundan tashqari, tomonlar gumanitar va iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, tinchlik va barqarorlikni saqlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni, haqiqiy sheriklikka erishish uchun energiya, texnologiya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida keng ko‘lamli rejalarini muhokama qilgan.
29 yanvar kuni Suriya administratsiyasi rahbari Ahmad ash-Shar’a mamlakatning o‘tish davridagi prezidenti sifatida e’lon qilingan edi. Yangi hukumat, shuningdek, oldingi konstitutsiya bekor qilinishi va parlament tarqatib yuborilishini e’lon qildi. Barcha xavfsizlik xizmatlari va qurolli tuzilmalar tarqatiladi — ularning o‘rniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi tuzilma paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

18:04 / 05.05.2025
Hojilarni Saudiya Arabistonidan qaytarish jadvali ma’lum qilindi

16:09 / 03.05.2025