AQSh saylov idorasiga qalbaki arizalar topshirgan o‘zbekistonlik hibsga olindi
Rossiya fuqarosi Dmitriy Shushlebin va O‘zbekiston fuqarosi Sanjar Jamilov o‘zaro til biriktirib, Pinellas okrugi ma’muriyatiga saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida 132 ta qalbaki ariza topshirgan.

Foto: Getty images
AQSh Florida shtatida yashovchi Rossiya fuqarosi va O‘zbekiston fuqarosi Pinellas okrugi saylov departamentiga saylovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qalbaki arizalar topshirish sxemasida ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Mayami-Bich shahrida yashovchi Rossiya fuqarosi, 45 yoshli Dmitriy Shushlebin va Sent-Pitersberg shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi, 33 yoshli Sanjar Jamilov o‘zaro til biriktirib, 2023 yil fevral va mart oylarida Pinellas okrugi ma’muriyatiga saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida 132 ta qalbaki ariza topshirgan.
Shushlebin va Jamilov saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida soxta ariza berish va ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tishda yolg‘on ma’lumot taqdim etish maqsadida til biriktirganlikda ayblanmoqda. Agar ularning aybi sudda isbotini topsa, har biri 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi AQSh Pochta inspeksiyasi, FTB va Florida huquq-tartibot organlari departamenti tomonidan tergov qilinmoqda.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmaydi» deb va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025