Kuala-Lumpurda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarini Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
O‘zbekiston prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Mavzuga oid

18:52
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»

17:06
Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi

00:20
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi

20:20 / 31.03.2025