Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
Avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn auksion orqali sotilgan. Ularning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.
2024 yilda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” orqali auksionda sotilgan eng arzon avtoraqam 1,7 million so‘m, eng qimmati esa 965,3 million so‘m bo‘ldi. Bu haqda birja mas’ul xodimi Hikmatullo Tillaboyev ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn auksion orqali sotilgan. Ularning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi esa yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Eng arzon avtoraqam 1,7 million so‘m, eng qimmati esa 965,3 million so‘m bo‘lgan.
2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2023 yilga nisbatan 11,8 foizga o‘sgan. Jumladan, birja savdolari 14,8 foizga, elektron davlat xaridlari 5,3 foizga, avtoraqamlar onlayn auksionlari 2 baravarga, mobil raqamlarning sotuv hajmlari esa 43,6 foizga oshgan.
2024 yilda 30 mingga yaqin fermer xo‘jaligi tomonidan 2,5 million tonna paxta xomashyosi fyuchers va spot shartnomalari asosida birja orqali sotilgan. Shuningdek, 1,2 million tonnadan ortiq bug‘doy ham mazkur tartib asosida xarid qilingan.
Mavzuga oid
09:46 / 22.05.2025
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 722 million so‘mga sotildi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi
19:33 / 05.02.2025