Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi
Ushbu mamlakatlarda 7 millionga yaqin Naqshbandiya tariqati izdoshlari borligi tufayli, ularning Umraga borishdan oldin ziyoratgohlarimizga sayohati tashkil qilinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda o‘tgan yili turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollar bo‘lgani, lekin, bu imkoniyatlarimizga mos emasligi qayd etildi.
Masalan, Malayziya va Indoneziyada 7 millionga yaqin Naqshbandiya tariqati izdoshlari bor. Ular Umraga borishdan oldin ziyoratgohlarimizga sayohat qilishni istaydi. Bu sayyohlarni Kuala-Lumpur yoki Jakartadan Samarqand va Buxoroga kamida 2 kunga olib kelib, keyin o‘zimizni samolyotda Umraga yuborish uchun barcha sharoitlar mavjud. Mutasaddilarga Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun “Umra plyus” turpaketini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Shahrisabzda “Oqsaroy”, Xivada “Ichan qal’a”, Buxoroda “Labi hovuz”, Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” maydonlari bo‘lsa-da, ularda konsert, ko‘rgazma, forumlar o‘tkazish bo‘yicha reja qilinmagani ko‘rsatib o‘tildi. O‘zimizdagi 6 ta turistik markazda xalqaro darajadagi san’atkorlarning konsertlari tashkil qilinsa, mehmonxona, restoran, kafe, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari sayyohlar bilan to‘lishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga kamida 1 million turistni olib keladigan konsert, biznes forumi va ko‘rgazmalar o‘tkazish dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, to‘liq o‘rganilmagan tarixiy obektlar juda ko‘pligini inobatga olib, olimlar bilan birgalikda jozibador tarixiy obektlarni aniqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
20:51 / 12.05.2025