Apple kompaniyasi Pixar logotipidan ilhomlangan robot-chiroqni taqdim etdi
Kompaniya ikkita versiyani taqdim etdi: hissiy reaksiyalar bilan ifodalangan Expressive va oddiy buyruqlarni bajaradigan Functional.

Foto: Apple
Apple kompaniyasi Pixar multfilmidagi «kenja Lyukso» yorug‘lik moslamasiga o‘xshash robot-chiroq prototipini yaratdi. Kompaniya ikkita versiyani taqdim etdi: hissiy reaksiyalar bilan ifodalangan Expressive va oddiy buyruqlarni bajaradigan Functional.
Expressive robot o‘zini haqqoniy tutadi – ob-havo ma’lumoti so‘ralganda derazadan «qaraydi», agar sayohatga olb ketilmasa «qayg‘uga cho‘madi», suv haqida eslatish uchun krujkani turtadi va o‘quv videosini proyeksiya qiladi.
U imo-ishoralarga javob beradi, qo‘l imo-ishoralari asosida fotosuratlar uchun yorug‘likni sozlaydi va hatto raqs tushadi. Apple chiroqning harakati foydalanuvchilarning faolligini oshiradi, deb hisoblaydi. Ikkinchi robot, Functional oddiy so‘rov bo‘yicha foydalanuvchi buyruqlarini bajaradi va ular yo‘qligida harakat qilmaydi.
Prototip ommaviy ravishda qachon ishlab chiqarilishi e’lon qilinmagan.
Mavzuga oid

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025