Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklarga developerlardan mulkni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishga ruxsat beriladi
O‘zbekistonda banklar developerlardan tijoriy ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olib, ularni tadbirkorlarga ijara yoki lizingga berishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston tijorat banklari developerlardan tijoriy ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan prezident raisligidagi yig‘ilishda aytildi.
Oxirgi uch yilda 3 mingta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, 38 million kvadrat metr noturar joylar paydo bo‘ldi.
Developerlarga yangi massivlar hududining 10-15 foizini noturar toifaga o‘tkazishga ruxsat berildi. Ular bu mulkni sotishdan, savdo va servis tarmoqlari esa ijaraga yoki lizingga olishdan manfaatdor. Lekin ularni bir-biriga bog‘lovchi tizim yo‘q.
Bu borada banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.
Bu orqali 50 ming kvadrat metrli noturar joylar muomalaga kiradi, budjetga 70 milliard so‘m tushum va 100-150 ming ish o‘rni yaratiladi. Eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan kamida 15-20 foiz arzon bo‘ladi.
Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trillion so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
Mavzuga oid
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
15:39 / 18.04.2025
Fitch Ratings: O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana kechiktirilishi mumkin
14:22 / 17.04.2025