Sport | 20:44 / 08.02.2025
24777
1 daqiqa o‘qiladi

Husanov – «Manchester Siti»ning eng yuqori baho olgan o‘yinchilari uchligida

Angliya kubogi 1/16 final bosqichida «Manchester Siti» Londonda «Leyton Oriyent» mehmoni bo‘lib, kambek evaziga keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Abduqodir Husanov uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri deb topildi.

Foto: Getty Images

Sofascore xalqaro statistik portali «Siti»ning g‘alabasi (2:1) bilan yakunlangan o‘yindan keyin futbolchilar harakatini baholagan. Unga ko‘ra, 2-bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangan Abduqodir Husanovning harakatlari 10 ballik tizimda 7,8 ballga baholangan. Bu borada faqatgina Grilish (8,5) va O`Rayli (8) o‘zbekistonlik himoyachidan yuqoriroq baho oldi. Ular asosiy tarkibga tushgandi.

Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» 11 fevral kuni YeChL o‘tish o‘yini doirasida Manchesterda «Real»ga qarshi maydonga tushadi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов

Mavzuga oid