Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:13 / 08.02.2025
1139
2 daqiqa o‘qiladi
Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi
Joriy yilning 7 fevral kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Foto: iStock
Ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
- unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shakllarini tugatish;
- yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga o‘tkazilishi;
- korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash;
- mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi talabni bekor qilish;
- xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qilish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
12:40 / 14.02.2025
Korporativ shartnomaning huquqiy maqomi belgilandi
08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi
09:20 / 27.09.2024
Germaniya byurokratiyaga qarshi kurash bo‘yicha to‘rtinchi chora-tadbirlar paketini qabul qildi
08:33 / 12.11.2022