«Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi
10 fevral kunidan boshlab Toshkentdan Buxoroga qatnovchi «Afrosiyob» elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga ham to‘xtab o‘tishni boshladi.

2025 yil 10 fevral kunidan 768/767-sonli Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
«Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olindi», — deyiladi xabarda.
Yanvar oyida prezident qarori bilan Transport vazirligi va «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga 2025 yilda «Afrosiyob» poyezdining Toshkent—Buxoro yo‘nalishida Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishi hamda Samarqand—Kattaqo‘rg‘on elektr poyezdi yo‘nalishlarini tashkil etish vazifalari topshirilgandi.
Shuningdek, Bulung‘ur—Samarqand shahri, Juma—Kattaqo‘rg‘on shahri yo‘nalishida elektr poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poyezd vagonlari olib kelish, oraliq to‘xtash temiryo‘l bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 2 fevraldan boshlab, Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnayotgan «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtashi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

11:06 / 12.03.2025
Toshkent - Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:10 / 03.01.2025
«Afrosiyob» poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda ham to‘xtab o‘tadi

09:09 / 20.12.2024