Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi
Shuningdek, qonunchilik talablariga rioya qilmagan 1 ta to‘lov tizimi operatori chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning yanvar oyidagi yig‘ilishlarida 44 ta masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi regulyator matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 36 ta masala ko‘rilgan. Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 8 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va to‘lov tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish hamda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya qilinishi ham muhokama qilingan.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va qonunchilik talablariga rioya qilmagani uchun 1 ta to‘lov tizimi operatori chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 10 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025