Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eronda Xomanaiydan yadro qurolini taqiqlash haqidagi fatvoni bekor qilish so‘ralmoqda
Eron oliy rahbari yadroviy qurol ishlab chiqishni taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi kerak. The Telegraph nashriga ko‘ra, IIMK qator qo‘mondonlari shunday fikrda.
Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy yadro qurolini ishlab chiqishni taqiqlovchi fatvoni bekor qilishi kerak. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining (IIMK, Eron Qurolli kuchlarining nufuzli bo‘linmasi) bir qator yuqori martabali qo‘mondonlari fikricha, Tehron G‘arbdan kelayotgan «mavjud tahdidlarga» qarshi turish uchun atom bombasini ishlab chiqishi kerak. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 8 fevral, shanba kuni xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mondonlar Donald Tramp AQShda Oq uyga qaytganidan keyin o‘z fikrlarini o‘zgartirgan. «Biz hech qachon bunchalik himoyasiz bo‘lmaganmiz va bu kech bo‘lmasidan oldin unga (bomba) egalik qilish uchun so‘nggi imkoniyatimiz bo‘lishi mumkin», — dedi nashr manbalaridan biri.
Xomanaiyga qattiq siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuchaymoqda
2005 yilda Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) yig‘ilishida tilga olingan fatvoda Xomanaiy bunday qurollar «mutlaqo harom», ya’ni gunoh va Islomda taqiqlanganligini ta’kidlagan.
«Biz hozir duch kelayotgan ekzistensial tahdid, avvallari oliy rahbarning buyruqlarini bajargan bir qancha yuqori martabali qo‘mondonlarni yadroviy qurol yaratishga undashga majbur qildi», dedi Tehrondagi Eron rasmiylaridan biri.
So‘nggi oylarda Xomanaiyga qattiqqo‘l siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuchaygan, deb yozadi The Daily Telegraph. 2024 yilda o‘nlab Eron parlamentariylari Milliy xavfsizlik oliy kengashini Islom Respublikasining yadro siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025