Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda surxondaryolik haydovchilar toshbo‘ron qilingani haqidagi xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda qashqadaryolik haydovchilar surxondaryolik haydovchilarni toshbo‘ron qilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:31 da Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro M.X. Qashqadaryo viloyati 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.
U Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga DAF rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qatnov yo‘lining G‘uzor tumani “Apardi” MFY hududidan o‘tayotgan vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan tosh otilishi natijasida avtomashinasining old oynasi singanini ma’lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga profilaktika inspektori yetib borgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025