Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
Maktablardagi o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchilariga ham ustama to‘lanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
«Maktablardagi o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tili (davlat tili) fani bo‘yicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi o‘zbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi», deyiladi postda.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 yanvardan umumta’lim maktablaridagi milliy sertifikat olgan ona tili o‘qituvchilari 50 foizlik ustama olishi belgilangandi. Lekin bu tartib rus sinflarida dars beruvchi o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun amal qilmasligi ma’lum bo‘lgandi. Kun.uz surishtiruvida aniqlanishicha, bunga sabab qilib o‘zbek tili va ona tili alohida fan ekani ko‘rsatilgandi.
Mavzuga oid
09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
12:17 / 07.05.2025