Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
Yangi qonun loyihasi bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.
Qonunchilik palatasi majlisida parrandachilik sohasini rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, konseptual jihatdan qabul qilindi.
Mazkur qonun loyihasi bilan 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.
2027 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda esa Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘i, shuningdek, ijaraga berilgan obektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilyapti.
Deputatlarning qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi qabul qilinishi parrandachilik korxonalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, bolalarga yaratiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, bolalarni sog‘lomlashtirish va aqliy rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:34 / 26.05.2025
Masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi joriy etiladi
10:41 / 26.05.2025
Markirovka bo‘yicha soliq inspeksiyasi tashkil etiladi
14:25 / 21.05.2025
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari berilmoqda
13:49 / 24.03.2025