Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi panjaralar qurilishini muddatidan oldin yakunlaydi
Ikki mamlakat chegarasidagi 200 kilometr hudud panjara bilan to‘silmoqda. Finlandiya hukumati Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin chegarani mustahkamlashga qaror qilgan.
Finlandiya va Rossiya chegarasidagi 200 kilometr uzunlikdagi panjara qurilishi muddatidan oldin yakunlanadi. Bu haqda Finlandiya chegara xizmati boshlig‘i Markku Xassinen ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, panjarani qurish ishlarining asosiy qismi 2025 yilda yakunlanadi.
«Panjarani qurishdagi asosiy ishlar joriy yilda yakunlanadi. Faqat ayrim hududlar 2026 yilda oxiriga yetkaziladi», — deydi Xassinen. Oldinroq panjarani qurish ishlari kelasi yil oxirida yakunlanishi kutilayotgan edi.
200 kilometr bu — Finlandiya va Rossiya o‘rtasidagi qariyb 1,3 ming kilometrlik chegaraning 15 foizi demak. Finlandiya hukumati Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin chegarani mustahkamlashga qaror qilgan.
Dastlabki ishlar 2023 yil kuzda boshlangan edi. 2024 yil martda qurilishni tezlashtirish uchun 74 million yevro ajratilgan. O‘sha yilning sentabrida esa panjaralar balandligi yana yarim metrga oshirilgan edi, natijada ularning balandligi 3,5 metrga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabrida Finlandiya tegishli hujjatlari bo‘lmagan muhojirlar oqimi tufayli Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasini butunlay yopgandi. Helsinki Moskvani uchinchi davlat fuqarolarini chegarani kesib o‘tishga undaganlikda ayblagan. Bunga javoban Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova «Finlandiyaning chegaradagi vaziyat uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklashga urinishini tushunarsiz bahonalar» deb atagan edi.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
10:55 / 06.05.2025