Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh markaziy osiyolik noqonuniy migrantlarni Kosta-Rikaga deportatsiya qiladi
Kosta-Rika AQSh tomonidan deportatsiya etiladigan noqonuniy migrantlarni qabul qiluvchi Markaziy Amerikaning ikkinchi davlati bo‘ladi, deb yozdi The New York Times.
Panama o‘tgan hafta Osiyo, Yaqin Sharq va afrikalik noqonuniy migrantlarni olib ketayotgan uchta deportatsiya reysini qabul qilgan va bu borada birinchi davlat bo‘lgan edi.
AQSh ma’muriyati uzoq davlatlardan kelgan noqonuniy migrantlarni o‘z hibsxonalarida saqlash o‘rniga, ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan boshqa mamlakatlarni yollash bilan shug‘ullanmoqda. Bu mamlakatlarda deportatsiya qilinganlarning taqdiri nima bo‘lishi noma’lum.
Kosta-Rika migrantlarni o‘z mamlakatlariga qaytarish uchun «ko‘prik bo‘lib xizmat qilishini» va repatriatsiya jarayoni Xalqaro Migratsiya Tashkiloti nazorati ostida AQSh hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtirilishini ma’lum qildi. Migrantlar Korredor kantonidagi lagerga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025