Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi
2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida kichik logistika markazlari barpo etiladi.
«Uzagrostar xolding» kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 martgacha «Uzex Agro» elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.
2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida, 2026 yilda esa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig‘imi 100 tonnadan kam bo‘lmagan muzlatkichli sig‘imlar, urug‘lik, ko‘chat, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.
Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma’lumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.
Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
16:27 / 12.05.2025
O‘zbekiston va Eron imtiyozli savdo bitimi bo‘yicha tovarlar ro‘yxatini kelishib oldi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
17:00 / 03.03.2025