AZAL samolyoti halokati bo‘yicha yakuniy hisobot yil oxirigacha e’lon qilinadi
ICAO talablariga ko‘ra, aviahalokat tergoviga bir yil vaqt ajratiladi.

Foto: Anadolu Agency via Getty Images
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablari, standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga ko‘ra, aviahalokatlar tergoviga bir yil vaqt ajratiladi. Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi.
«Shunga ko‘ra, AZAL samolyotining Oqtov yaqinidagi halokati bo‘yicha yakuniy hisobot shu yilning dekabriga qadar tayyor bo‘lishi kerak», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ICAO bosh kotibi va prezidenti avariya bo‘yicha dastlabki hisobot sifatini yuqori baholagan.
«Aviatsiyadagi standartlar va qoidalarni tartibga soluvchi asosiy tashkilot ICAO hisoblanadi. ICAO bosh kotibi va prezidenti Qozog‘iston tomonidan e’lon qilingan dastlabki hisobot darajasi va sifatini yuqori baholab, faktlarning aniq taqdim etilishi, ma’lumotlarning batafsil va to‘liqligini ta’kidladilar», deb qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uchgan Embraer 190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Oqibatda 38 kishi halok bo‘lib, 29 kishi tirik qoldi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025