Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni vaziri Shavkat Mirziyoyevga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekiston prezidentiga Saudiya Arabistoni podshohining hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, shuningdek, podshohning ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi.

O‘zbekiston yetakchisi o‘z navbatida Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarning musulmon dunyosi markazlari — Makka va Madinada bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Qayd etilishicha, birgina o‘tgan yilning o‘zida 800 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarosi Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etgan.

Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025