Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga aksiya sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi
Aksiyadorlik jamiyatlarida veb-saytlar mavjud bo‘lishining majburiyligi to‘g‘risidagi va ular tomonidan axborotning oshkor etilishi borasida qo‘yilgan talablar soddalashtiriladi.
Senatda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.
Mazkur qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, aksiyadorlarning dividendlar to‘lanishiga doir huquqlari mustahkamlanib, aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida veb-saytlar mavjud bo‘lishining majburiyligi to‘g‘risidagi va ular tomonidan axborotning oshkor etilishi borasida qo‘yilgan talablar soddalashtiriladi.
Shuningdek, fond birjalarining faoliyatini tartibga solish Istiqbolli loyihalar milliy agentligining zimmasiga yuklatilmoqda. Endi mazkur tashkilot elektron tijorat sohasida vakolatli organ etib belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi kapital va sug‘urta bozorlarini, elektron tijorat sohasi hamda mazkur sohalarda fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025